40 yil birovning yuragi bilan yashagan inson Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

40 yil birovning yuragi bilan yashagan inson Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Ginnesning rekordlar kitobi 57 yoshli niderlandiyalik Bert Yanssen yurak transplantasiyasidan so‘ng tarixdagi eng uzoq umr ko‘rgan odam ekanligini tasdiqladi. U qariyb 40 yil oldin operasiya qilingan, deb yozadi BBC.

17 yoshida Yanssenga kardiomiopatiya tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar davolanish uchun yurak transplantasiyasi zarur deb qaror qilishdi. O‘sha paytda mamlakatda bunday operasiyalar o‘tkazilmagan.

Shundan so‘ng Yansenning shifokori uni yurak xastaliklariga ixtisoslashgan Londonning Xarfild kasalxonasiga yubordi.

Uni mashhur misrlik-britaniyalik jarroh Magdi Yoqub davolagan. Keyinchalik bu shifokor tibbiyotga qo‘shgan hissasi uchun risar unvoniga sazovor bo‘ldi.

Yurak transplantasiyasi 1984 yil 6 iyunda, 18 yoshli Yanssen kasalxonaga yotqizilganidan bir hafta o‘tib amalga oshirildi.

"Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Xarfildga kelganimdan bir hafta o‘tgach, Londondagi jiddiy avtohalokatdan so‘ng darhol ikkita donor yuraklari mavjud bo‘ldi. Ulardan bittasi menga to‘g‘ri keldi va transplantasiya qilindi”, - deydi bemor.

Yanssenning so‘zlariga ko‘ra, u donoridan olgan “ajoyib sovg‘a uchun haligacha minnatdor”.

Bemorning so‘zlariga ko‘ra, u operasiyadan keyin tezda tuzalib ketgan va shundan beri to‘liq hayot kechirgan. Hozir Yanssenning xotini va ikki farzandi bor.

Bert Yanssen operasiya qilinganida 18 yoshda edi.

“Bunday yo‘lni bosib o‘tishimni orzu qilmagandim. Menimcha, eng muhimi, men bilan sodir bo‘lgan voqea boshqa odamlar uchun muhim ogohlantirish edi. Endi bu vaqtgacha donor yurak bilan yashash mumkinligi rasman tan olingan. Agar kimdir mening rekordimni yangilasa, xursand bo‘lardim”, — deya qo‘shimcha qildi Yanssen.

Yanssenning operasiyasi Xarfild kasalxonasida amalga oshirilgan 107- yurak transplantasiyasi bo‘ldi.

Magdi Yoqub birinchi marta 1980 yilda bunday muolajani amalga oshirgan.

O‘shandan beri minglab bemorlarga yurak transplantasiyasi o‘tkazildi va faqat 2022-23 yillarda ushbu shifoxonada 54 ta yurak transplantasiyasi operasiyasi o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!