2026 yilgi qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining maskotlari ommaga havola etildi

2026 yilgi qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining maskotlari ommaga havola etildi

"Milan - Kortina d'Ampesso — 2026” tashkiliy qo‘mitasi qishki Paralimpiya va Olimpiya o‘yinlarining maskotlarini e’lon qildi.

Jigarrang paltoli Milo Paralimpiya maskotidir. Uning singlisi Tina esa Olimpiya o‘yinlarining vakili. Opa-singillar Italiyadagi Sanremo musiqa festivalida o‘yinlarga taxminan ikki yil qolganida namoyish qilindi.

Ularning ismlari ikkita mezbon shaharning qisqartmasidan tashkil topgan. Ikki maskot bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da, ular bir xil emas. Shunday qilib, Milo va Tina 2026 yilda butun dunyo bo‘ylab sportchilar va muxlislarni o‘z shaharlarida kutib olishadi.

Eslatib o‘tamiz, XXV qishki Olimpiya o‘yinlari 2026 yilning 6—22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. XIV Paralimpiya o‘yinlari esa 5-15 mart kunlari o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!