2025 yilda sog‘liqni saqlash tizimiga 43 trln so‘m ajratiladi

2025 yilda sog‘liqni saqlash tizimiga 43 trln so‘m ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida sog‘liqni saqlash sohasida qilingan ishlar va 2025 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Bu sohadagi sifat o‘zgarishlari shahardan to chekka hududlargacha, bolajonlardan tortib keksalargacha – hammaning hayotida aks etadi. Shu bois unga ajratilayotgan byudjet mablag‘lari har yili ko‘paytirib borilmoqda. Barcha ijtimoiy xizmatlar qatori tibbiyot ham xalqimizga yaqinlashtirilmoqda. Birlamchi bo‘g‘inda 18 mingdan ziyod tibbiy brigada tashkil qilingan.

Kasalliklarni aniqlash va davolash amaliyotiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. Ixtisoslashgan tibbiy xizmatda diagnostika usullari 500 dan, davolash usullari esa 800 dan oshdi. Xususiy tibbiyot rivojiga keng yo‘l ochilgani tufayli xizmatlar tarmog‘i va tanlash imkoniyati ko‘paydi.

2024 yilda sohaga 36 trillion so‘m ajratilgan edi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘pdir.

Birlamchi bo‘g‘inda 6 turdagi skrining tekshiruvi yo‘lga qo‘yildi. Natijada 106 ming odamda qandli diabet, 194 ming nafarida yurak qon-tomir, 2 mingdan ziyod ayolda saraton, mingga yaqin bolalarda onkogematologik kasallik erta bosqichda aniqlandi.

Davolash sifati va samaradorligi alohida e’tibor talab qiladi. Shu maqsadda 2 mingdan ziyod mutaxassis xorijda qayta o‘qitildi. Natijada hududlardagi yuqori texnologik operasiyalar ulushi 61 foizga yetdi. 43 ta yo‘nalishdagi 191 ta klinik protokol xalqaro andozalar asosida yangilandi.

Ixtisoslashgan markazlar va filiallarda bu yil 100 ming bemor imtiyozli yo‘llanma asosida davolandi. 7 ta ixtisoslashgan markaz sifat nazorati bo‘yicha xalqaro akkreditasiyadan o‘tdi.

2025 yilda sog‘liqni saqlash sohasiga 41 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Buning hisobidan yangi shifoxonalar tashkil etish va jihozlash, mavjud quvvatlarni kengaytirish, tibbiy ko‘rik qamrovini kengaytirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bu sohadagi asosiy vazifa – birlamchi bo‘g‘inda tibbiyot sifatini oshirish ekanini ta’kidladi. Buning uchun vazirlik vertikalini hududlarda to‘g‘ri ishlatish, ayniqsa, chekka va og‘ir tumanlarga e’tiborni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Bu bo‘yicha turkiyalik ekspertlar 6 ta hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati va ulardagi ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatlarini tizimli isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Mutasaddilarga bu masalani chuqur tahlil qilib, birlamchi bo‘g‘in transformasiyasi bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlash topshirildi.

Ushbu yo‘nalish xodimlarining malaka oshirish dasturi takomillashtiriladi. Nazariy bilim va ko‘nikmalarni egallashdan kompetensiyalarni rivojlantirishga bosqichma-bosqich o‘tiladi.

Shuningdek, kelgusi yil tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi. Oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama to‘lash tartibi joriy qilinadi.

Hududlarga bo‘layotgan e’tibor izchil davom ettiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida davlat tibbiy sug‘urtasi amaliyotlari joriy etiladi. Markazlashgan laboratoriya xizmatlari kengaytiriladi. “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etilib, tibbiy jihozlardan foydalanish elektron tizim orqali nazorat qilinadi.

Yana 35 ta yo‘nalishdagi 400 ta milliy klinik protokollar ishlab chiqiladi. 7 ta ixtisoslashgan markaz va 2 ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro akkreditasiyadan o‘tkaziladi.

Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham e’tibor qaratilib, tibbiy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish, uni amaliyot bilan hamohangligini mustahkamlash, bitiruvchilarning birlamchi bo‘g‘inda tajriba orttirishini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

Rossiya olti davlat elchixonalariga hujum qildi

Киевда Россиянинг ракета ҳужуми натижасида олтита хорижий элчихона зарар кўрди, деди Украина Ташқи ишлар вазирлиги матбуот котиби Георгий Тихи.

Dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymati ma’lum bo‘ldi

Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 23 декабрда амалда бўладиган қийматини эълон қилди.

«Endi juda qiyin bo‘ladi»: Kilian Mbappe Lionel Messi tajribasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynay olmaganidan afsusdaligini aytdi

Килиан Мбаппе «Реал Мадрид» афсонаси Криштиану Роналду билан кийиниш хонасини баҳам кўра олмаслигидан афсусда.

Britaniya rekord miqdordagi askarini yo‘qotdi

Буюк Британия қуролли кучларининг сони оммавий ихтиёрий ишдан бўшатишлар фонида - иш ҳақи рекорд даражада ошганига қарамай, қисқаришда давом этмоқда.

Sudya Adelning qo‘shig‘ini butun dunyo bo‘ylab taqiqlashni buyurdi

Sony ва Universalнинг Бразилиядаги шўъба корхоналари Аделнинг бу қўшиғини тарқатишса, 8 минг доллар жаримага тортилиши мумкин.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi faoliyatini yurtimizda davom ettiradi

Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси Умар Эшмуродов фаолиятини яна юртимизда давом эттириши мумкин.

Ertaga, 22 dekabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлиги хабар берди.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda

Бу ҳақда "Ўзгидромет" хабар берди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyaliklar "Humo arena" bo‘yicha shikoyat qilishdi

22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.

Oreshnik raketasi kamida 7 yoshda - Defense Express

Мутахассислар қисмлардан бирида серия рақами ва ишлаб чиқарилган санани топдилар - 2017 йил 12 апрел.

AQSh Ukrainaning Rossiya hujumini to‘xtata olmasligini e’lon qildi

Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.

Rossiya va Xitoy mudofaa xarajatlarini 50 foizga oshirdi – biz esa changda qolib ketibmiz — Daily Express

Нашрнинг ёзишича, янги тадқиқотлар шуни кўрсатдики, Буюк Британиянинг душманлари ҳарбий харажатларни кўпайтирмоқда, аммо Буюк Британия мудофаа учун ЯИМнинг 2,5 фоизини таъминлай олмаяпти.

Zelenskiy Fisoga Rossiya gazini yetkazib berishni to‘xtatgani uchun tovon puli taklif qilganini tasdiqladi, biroq...

Фицонинг ўзи аввалроқ Зеленский, Украинанинг NATO'га аъзо бўлиши учун Словакия рози бўлса, музлатилган Россия активларидан 500 миллион евро таклиф қилганини айтган эди.

Paragvayda 57 tonna marixuana musodara qilindi

Бу ҳақда мамлакат президенти Сантьяго Пенья ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилган.

Isroil armiyasi Yamandan otilgan raketani tutib olgani haqida xabar berdi

Бу ҳақда Исроил мудофаа кучлари матбуот хизмати маълум қилди.

Myunxenda qariyalar uyi yonib ketdi

Бу ҳақда Билд хабар бермоқда .

BMT: Dunyoda och odamlar soni ortib bormoqda

Бой давлатлар халқаро ташкилотларни молиялаштиришни қисқартирар экан, дунёда оч одамлар сони ортиб бормоқда.

O‘zbekistonda avtomobil davlat raqami salkam 1 milliard so‘mga sotildi

Авторақамлар онлайн аукционида сотувга қўйилган 01 888 BBB авторақами 965 миллион 250 минг сўмга сотилди.

Jahondagi eng yirik avtomobil yetkazib beruvchisi ma’lum qilindi

Европа Иттифоқи томонидан электромобилларга бож жорий этилишига қарамай, Хитой 2025 йилда жаҳон бозорида энг йирик автомобил етказиб берувчиси бўлиб қолади.

Ukraina Rossiyaning birinchi 1 mlrd dollarini oldi

Бу АҚШ G7 ташаббуси доирасида Россия активларидан фойдаланиш орқали ажратишга тайёр бўлган режалаштирилган 20 миллиард долларнинг биринчи траншидир.

Rossiyada 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi yonib ketdi

Россия Федерациясининг Татаристон бўйича Фавқулодда вазиятлар вазирлиги маълумотлаига кўра, жорий йил 24 декабрь эрталаб соат 3:00 ларда Татаристон Республикасида Елабуга муниципал туманида жойлашган «МИР» чорвачилик фермасининг иншоотида ёнғин содир бўлган.

Abduqodir Husanov — 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida eng yaxshi markaziy himoyachi

Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) турли позицияларда ўйновчи 21 ёшгача футболчилар орасида тадқиқот ўтказиб, энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди.

BMT Isroilni Livandan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi

Бу ҳақда ташкилотнинг расмий Телеграм- каналидаги инглиз ва араб тилларидаги нашрда айтилган.

Xitoyda olomonga borib urilgan haydovchi o‘limga hukm qilindi

Бу ҳақда Синхуа агентлиги хабар бермоқда .

Netanyaxu Yamanda hutiylarga hujum qilishni buyurdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар берди .

Shveysariya milliardlab shaxsiy pullarni muzlatib qo‘ydi

Россияга қарши санкциялар доирасида Швейцария 7,9 миллиард доллар шахсий пулни музлатишга қарор қилди.

Kakao loviya narxi Bitcoinga qaraganda kuchliroq ko‘tarilishi mumkin

Какао ловиялари 2024 йилда Битcоин ва АҚШ фонд бозоридан олдин барча глобал активлар орасида энг кучли нарх ўсишини кўрсатиши мумкин, деб ёзади Интерфакс.

Rossiyalik nafaqaxo‘rlar ijtimoiy keskinlik kuchaygan bir paytda o‘t qo‘yishmoqda

Полиция жиноятчилик тўлқинига қарши курашар экан, 24 соат ичида ўндан ортиқ ўт қўйиш ҳолатлари ҳақида хабар берилди.

Isroil harbiylari G‘azo sektori bo‘ylab halokatli havo hujumlarini kuchaytirmoqda

Фуқаролар қисман хавфсиз бўлиши мумкин бўлган бошпаналарни излаб, қочишга уринмоқда.

Erdo‘g‘on Rossiya va Ukrainaga Istanbulni taklif qilmoqda

Сентябр ойида Истанбул раундида урушаётган томонларнинг музокара мазмуни нимадан иборат эди?

G‘azo kichkintoylari poliomiyelitga qarshi vaksinani oldi, keyin esa Isroil bombasi ularning oyoqlarini

Исроил бомбаси уч ёшли Ханан ва 22 ойлик Мискнинг онасини ўлдириб, ўзларини эса ногирон қилди.

Meksika g‘arbida samolyot qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Халиско штати фуқаролик мудофааси хизмати Х ижтимоий тармоғида маълум қилган.

Jabaliya lageri binolarining 70 foizi butunlay vayron bo‘ldi

Қамал остида қолган Ғазо шимолидаги лагерга қисқа муддат кириш имконига эга бўлган Haaretz газетасининг хабарига кўра, бу рақам Исроил армиясининг тахмини.