Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’muriyati Rossiya va Ukraina o‘rtasida yana Istanbulda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tinchlik muzokaralarining boshlanishiga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Turkiya rahbari ma’muriyatida ma’lum qilingan.
Sentyabr oyida Erdo‘g‘on Turkiyaning Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha Istanbul tashabbuslarini "muayyan lobbichilar" sabotaj qilganini aytdi. "Istanbuldagi muzokaralar Turkiyaning faol roli muvaffaqiyatli ekanini isbotladi. Biroq, ba’zi lobbichilar bu sa’y-harakatlar o‘z maqsadiga erishishini xohlamadilar," - degan u o‘shanda.
Ukraina va Rossiya 2022-yil bahorida Rossiya bosqini boshlanganidan deyarli darhol muzokaralar olib bordi. Istanbul raundi samarali bo‘ldi, tomonlar Ukrainaning doimiy betarafligi va xavfsizligi kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqdilar va oldindan imzoladilar.
Xususan, ushbu hujjatga ko‘ra, Ukraina "doimiy betaraflik"ga rioya qilish va harbiy bloklarga, shu jumladan NATOga qo‘shilmaslik, yadroviy qurol ishlab chiqarish va olishdan voz kechish majburiyatini oldi. Ammo tomonlar yakuniy kelishuvga erisha olmadi va keyinchalik tinchlik muzokaralarini to‘xtatdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
UzAuto Motors 19 декабрь куни соат 10:00 да Chevrolet Cobalt автомобили учун контрактацияни очади. Компания аввал тузилган шартномалар бўйича тўлов вақтида амалга оширилмаган ҳажмларни қайта контрактацияга қўяди.
Какао ловиялари 2024 йилда Битcоин ва АҚШ фонд бозоридан олдин барча глобал активлар орасида энг кучли нарх ўсишини кўрсатиши мумкин, деб ёзади Интерфакс.
Россия ТИВ раҳбари ўринбосарининг фикрича, иттифоқ мамлакатлари совуқ уруш даврида қўлланилган мудофаа режаларига кўп жиҳатдан ўхшаш мудофаа режаларини қабул қилган.
Россия президенти Владимир Путиннинг Орешник ва Ғарб ҳаво мудофааси ўртасидаги «технологик дуэль» таклифи янги рус ракетасининг заиф томонлари ҳақидаги саволга жавоб бўлди.