Suriyada yangi armiya tuzildi
Suriyadagi manbalar tomonidan bildirilgan so‘nggi voqealar:
⭕️ Mudofaa vazirligi tashkil etildi
Yangi armiyaga qurol ko‘tarishga tayyor bo‘lgan barcha guruhlar qo‘shildi va qurolli guruhlar tarqatib yuborildi. Shunday qilib, yangi armiya tuzildi.
⭕️ Turkiya bilan harbiy hamkorlik
Suriyaning yangi ma’muriyati Turkiya bilan mudofaa ittifoqi tuzdi. Shu fonda Turk Qurolli Kuchlari Idlibdagi barcha nuqtalardan chekinadi. Turkiya Damashq shimolidagi Homs cho‘li hududida ikkita yirik harbiy baza tashkil qiladi. Bu nuqtalarda maxsus havo mudofaa tizimlari joylashtiriladi. Bu tizimlar isroilning havo hujumlariga qarshi ehtiyot chorasi sifatida joylashtirilishi bildirildi.
⭕️ Mintaqa mamlakatlaridagi boshqa islom davlatlari
Livan, Iordaniya va Iroq kabi mintaqalardagi islom davlatlari Suriya ma’muriyati bilan doimiy aloqada. Bu davlatlar Suriyada sodir bo‘lgan voqealar o‘z mamlakatlariga ham yoyilishidan xavotirda.
⭕️ Bosqinchi isroil masalasi
isroil ommaviy axborot vositalarida tasvirlanganidek darajada yutuqqa erishmadi. U faqat ba’zi tepaliklar va hududlarni qo‘lga kiritdi, ammo mintaqaning aksariyati hali ham Suriya hukumati nazorati ostida.
Suriya ma’muriyati isroilni diplomatik yo‘l bilan to‘xtatishga harakat qilmoqda, chunki bu bosqichda isroil bilan jang qilish uchun kuch va vositalar yo‘q. Shu maqsadda isroilga bosim o‘tkazish uchun turli davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
⭕️ PKK/YPG masalasi
PKK/YPG Suriya sharqidagi Ayn al Arab, Raqqa va Dayr az-Zor kabi hududlardan chekinish arafasida. PKK/YPGning Hasaka va uning atrofiga siqib chiqarilishi ehtimoli yuqori.
⭕️ Suriyada davlat boshqaruvi masalasi
Suriyada tashkil etiladigan yangi boshqaruv islomiy ma’muriyat bo‘lib, Islom qonunlari bilan boshqariladi.
Ayni paytda yangi konstitusiyani yozish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda ulamolar qo‘mitasi tashkil etildi. Suriyaning yetakchi olimlari, qozilari, huquqshunoslari va din ulamolari uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Islom huquq tizimini bosqichma-bosqich tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Biroq, eski rejim vaqtidagi dindan uzoqlashtirish siyosati tufayli dinidan uzoqlashtirilgan xalqni avval islom qonunlari bilan yaqindan tanishtirish uchun bosqichma-bosqich ta’lim va da’vat jarayoni amalga oshiriladi.