2024 yilda umumiy qiymati 1074,0 mln. dollarlik 80 ta yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari amalga oshirilildi

A A A
2024 yilda umumiy qiymati 1074,0 mln. dollarlik 80 ta yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari amalga oshirilildi

2024 yilda umumiy qiymati 1074,0 mln. dollarlik 80 ta yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari amalga oshirildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zto‘qimachiliksanoati" uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qo‘chqorova ma’lum qildi.

✔️Natijada 22,0 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilinib, 388,8 mln dollar qo‘shimcha eksport salohiyati yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bunda Xorijiy investisiyalar va kreditlar ishtirokida 534,3 mln.dollarlik 47 loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

✔️2023 yilda umumiy qiymati 730,3 mln. dollarga teng 78 ta yirik loyihalar amalga oshirildi. Natijada 23,0 mingdan dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilinib, 265,7 mln dollar eksport salohiyati yaratildi.

✔️60tadan ortiq loyihalar asosan tayyor to‘qimachilik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga qaratilgan bo‘lib, 32,5 ming tonna trikotaj mato, 62,4 mln.kv.m. ip gazlama va 120,3 mln.dona tikuv-trikotaj, 14,0 mln. juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish yangi quvvatlari yaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!