2023 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi

«Sportico» jurnali 2023 yil yakunlari bo‘yicha eng ko‘p daromad oladigan 100 nafar sportchi reytingini tuzib chiqdi.
«Report» xabariga ko‘ra, birinchi o‘rin Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» futbol jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronalduga nasib etdi.
2023 yilda futbolchi 275 million dollar (homiylardan 60 million dollar – Eslatma) ishlab topgan.
Golfchi Jon Ramning daromadi Ronaldunikidan 72 million dollarga kam. 2023 yilning eng badavlat sportchilarining dastlabki uchligini «Inter Mayami» hujumchisi, argentinalik Lionel Messi band etgan. Amaldagi jahon chempioni bir yilda 130 million dollar ishlab topgan.
Sportico'ning eng yaxshi 10 ta reytingi quyidagicha:
Krishtianu Ronaldu (futbol) – 275 million dollar
Jon Ram (golf) - 203 million dollar
Lionel Messi (futbol) – 130 million dollar
Lebron Jeyms (basketbol) – 125,7 million dollar
Kilian Mbappe (futbol) – 125 million dollar
Neymar (futbol) – 121 million dollar
Stiven Karri (basketbol) – 98,9 million dollar
Jannis Andetokumpo (basketbol) – 88,4 million dollar
Kevin Dyurant (basketbol) – 86,9 million dollar
Patrik Mahomes (Amerika futboli) – 84,3 million dollar.