2022 yilgi Osiyo chempionlar ligasi 2023 yilda tugaydi

2022 yilgi Osiyo chempionlar ligasi 2023 yilda tugaydi

OFK Osiyo chempionlar ligasi o‘yinlari bo‘lib o‘tish muddatlarini o‘zgartirganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi o‘yinlari 7-27 aprel kunlari markazlashgan holda bo‘lib o‘tadi. Nimchorak, chorak, yarim va final uchrashuvlari esa 2023 yil fevral oyida o‘tkaziladi.

Bu katta ehtimol bilan OCHL 2023 yildan boshlab kuz-bahor tizimiga o‘tishini anglatishi mumkin. "Nasaf" 15 mart kuni pley-offda "Baniyas" (BAA) mehmoni bo‘ladi. G‘olib jamoa guruh bosqichiga chiqadi.

G‘arb mintaqasi
Guruh bosqichi 7-27 aprel 2022 yil
Nimchorak final - 3 va 4 fevral, 2023 yil
Chorak final - 7 fevral 2023 yil
Yarim final - 10 fevral 2023 yil
Final 19 va 26 fevral 2023 yil

Sharq mintaqasi
Guruh bosqichi 15 aprel-1 may 2022 yil
Nimchorak final - 18 va 19 avgust, 2022 yil
Chorak final - 22 avgust 2022 yil
Yarim final - 25 avgust 2022 yil
Final 19 va 26 fevral 2023 yil

2022 yilgi Osiyo chempionlar ligasi 2023 yilda tugaydi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!