2021 yilda mamlakatimizda 1387 megavatt bo‘lgan 9 ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati rahbari E.Bekmurodova xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2020 yilning o‘zida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida oltita yangi elektr stansiyalari qurilishi boshlab yuborildi. Ularning umumiy qiymati 2 milrd. dollar, umumiy quvvati esa 2700 megavattni tashkil etadi.
2020 yilda investisiya loyihalari bosqichlari amalga oshirilishi natijasida 2021 yilda mamlakatimizda 1387 megavattlik quvvatlar bo‘lgan 9 ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Ulardan shu yilning oktyabr va noyabr oylarining o‘zida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bo‘lgan 4 ta yangi IES quriladi.
Shuningdek joriy yilning oktyabr oyida har birining quvvati 100 MVt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda (Samarqand viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) o‘z loyihalarini amalga oshirmoqda).
Gidroenergetika sohasida 2021 yil iyun oyida GESning Chirchiq-Bo‘zsuv kaskadiga kiruvchi “Kamolot” gidroelektr stansiyasi qurilishi yakunlanadi. Shuningdek iyun oyida Surxondaryo viloyatidagi To‘polang daryosida Zarchob kichik GESlari kaskadini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Абдуқодир Ҳусанов сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда асосий кун мавзусига айланди. Кимлардир уни мақтади, олқишлади, яна кимлар эса ёмонотлиқ қилишдан ҳам қайтмади.
Маълум қилинишича, биринчи контингент Ҳиндистон, Индонезия, Бразилия ва Саудия Арабистони ҳарбийларидан ташкил топиши мумкин бўлиб, уларни Россия ва Украина чегарасига жойлаштириш кўзда тутилган. Иккинчи контингентга эса...
Tesla’нинг йирик инвестори Newsweek нашрида берган интервьюсида компания директорлар кенгашини Илон Маскни бош директор лавозимидан четлатишга чақирди.