2020 yilda sayyohlar uchun eng xavfsiz 10 ta davlat

2020 yilda sayyohlar uchun eng xavfsiz 10 ta davlat

Fransiya sayyohlik sug‘urta kompaniyasi 2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz 10 ta mamlakatni aniqladi.

Ekspertlar tabiiy ofatlar, transport, sog‘liqni saqlash tizimlarining sifati, jinoyatchilik va terrorizm tahdidi darajasi to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plagan va Shveysariya 2020 yilda sayyoradagi eng xavfsiz mamlakat deb tan olingan.

U mukammal sog‘liqni saqlash tizimiga ega, zo‘ravonliklar va yo‘l-transport hodisalari kam, deya tavsiflangan. Ikkinchi o‘rinni Singapur egallagan. Qayd etilishicha, u birinchi o‘rinni olishi ham mumkin edi, lekin havo tozaligi bo‘yicha Shveysariya undan ustunlik qilgan.

Norvegiya 2020 yilda dunyoda eng xavfsiz uchinchi davlat deb tan olingan. To‘rtinchi o‘rinni Lyuksemburg va Kipr egallagan.

Ushbu reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlandiya va Yaponiya ham o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!