200 metrlik tepalikdan qulab tushgan futbolchi tirik qoldi

200 metrlik tepalikdan qulab tushgan futbolchi tirik qoldi

Braziliyaning Fluminense klubi futbolchisi avtofalokat natijasida tirik qoldi va deyarli jabrlanmadi.

Bu haqda Braziliyaning “Globo Esporte” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Enrike boshqargan “Land Lover” jipi tunda 200 m balandlikdan tushib ketgan va bir necha bor ag‘darilgan. Ammo Enrike yengil jarohatlar olgan.

Hozir u kasalxonada va yaqinda shifoxonadan chiqariladi, deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda shok holatiga tushib qolgani bois Enrike avtofalokat sababini eslay olmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Enrike Braziliyaning "Kruzeyro" klubida o‘ynagan paytida mashhurlikka erishgan. 250 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan va ikki marta Braziliya chempioni bo‘lgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!