20 fevralda koronavirusning "popugi pasayadi" — professor

20 fevralda koronavirusning "popugi pasayadi" — professor

Salonikidagi Aristotel universiteti professori Demosfen Sariyannisning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi yuqishi 20 fevralda qisqarishi mumkin.

Uning fikricha, "Omikron" shtammi infeksiyaning oxirgi varianti bo‘ladi, deb yozadi Newsbeast. Olimning ta’kidlashicha, Gresiyada infeksiyalar sonining ko‘payishi 20 yanvargacha davom etadi va taxminan bir oy ichida pasayadi.

"Keyin "Omikron"ning oxiri keladi va aholining aksariyati immunitetga ega bo‘ladi", dedi Sariyannis.

Shu bilan birga, u odamlarni o‘ziga ortiqcha ishonmaslikka chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!