+18. Ana xolos! Bemor operasiya stolida yonib ketdi

+18. Ana xolos! Bemor operasiya stolida yonib ketdi

Moskvada bemor ayol yelkasi singan holda shifoxonaga keltirildi. Bemorni operasiya stoliga yotqizib, unga og‘riq qoldiruvchi dori ukol qilishdi, shundan so‘ng qiz uxlab qolgan. Ammo ma’lum vaqtdan so‘ng u qattiq og‘riqdan uyg‘onib ketdi. Chunki yonayotgan edi.

Bemor qichqira boshladi, operasiya qilgan shifokorlar esa yong‘inni o‘chirishga kirishdilar. Yong‘in o‘chirildi, ammo qiz og‘ir jarohat oldi: uning qo‘li va orqa qismi kuydi. Shifokorlar jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘iga yong‘in uskunadagi qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘lganini tushuntirishdi, ya’ni bemor yotgan choyshab antiseptik bilan namlangan va bir zumda yonib ketgan.

Qizning yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar undan uzr ham so‘rashmagan. Kasalxonada ular kuyish jiddiy emasligini ta’kidlab, vahima qilmaslikni so‘rashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!