15 yoshli qiz Bolalar ombudsmani yordamida ruhiy-asab kasalliklar dispanseridan chiqarildi

15 yoshli qiz Bolalar ombudsmani yordamida ruhiy-asab kasalliklar dispanseridan chiqarildi

Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyatidan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatda 2009 yilda tug‘ilgan M.YA. (qiz bola) ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirilgani, lekin bugungi kunda u faol davolanishga muhtoj emasligi, hozirda M.YA. dan hech kim xabar olmasligi, onasi bilan telefon orqali gaplashilganda u qizini olib ketolmasligi bayon qilingan.

❕Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan M.YA. oilasining ijtimoiy vaziyati baholanishi va uning shifoxonadan chiqarilib, sog‘lom hayotga moslashuvi yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga so‘rov yubordi.

Agentlik tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan voyaga yetmagan M.YA. ning onasi YA.M. bilan uchrashilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, farzandi M.YA. joriy yilning 19 mart kuni Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan chiqarilib, yashash manziliga olib ketildi.

✔️ Bundan tashqari, M.YA. hozirda o‘qishini Buxoro shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta maktabda davom ettira boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!