"100 foiz aniq": Mbappening "Real" bilan qachon shartnoma imzolashi aytildi

"100 foiz aniq": Mbappening "Real" bilan qachon shartnoma imzolashi aytildi

Kilian Mbappe 100 foiz "Real"ga o‘tadi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio ma’lum qildi. Insayderning yozishicha, fransiyalik futbolchi Madrid klubi bilan allaqachon shartnoma borasida kelishib qo‘ygan va shartnoma 2022 yilning fevralida imzolanadi.

Uning "Real" bilan shartnomasi bor. U fevralgacha shartnoma imzolay olmaydi. Faqat aql bovar qilmaydigan syurpriz Kilianning yakuniy qarorini o‘zgartirishi mumkin. U allaqachon qaror qilgan", - dedi Di Marsio.

Eslatib o‘tamiz, Mbappening "PSJ" bilan shartnomasi kelasi yilning iyunigacha amal qiladi. Forvard allaqachon parijliklarning shartnomani uzaytirish bo‘yicha bir qancha takliflarini rad etgan. Joriy mavsumda hujumchi "PSJ"da 12 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!