1 sentyabrdan O‘zbekistonda kun-u tun ishlaydigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar paydo bo‘ladi

1 sentyabrdan O‘zbekistonda kun-u tun ishlaydigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar paydo bo‘ladi

2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi. 

“Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda ko‘chma savdo ob’ektlari uchun joylar tadbirkorlik sub’ektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotiladi, barcha tadbirkorlik sub’ektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.

Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablarni o‘rnatishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab masofaviy (onlayn) ta’limga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqida talab bekor qilinadi.

Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 1 oktyabrga qadar xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda xizmatlar statistikasini yuritishni, jumladan, axborot-kommunikasiya va dasturlash xizmatlarini hisobga olish metodologiyasini xalqaro standartlar asosida takomillashtiradi, respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanish holatini hamda samaradorligini taqqoslash imkonini beruvchi hisobot shakllari va metodologiyalarni ishlab chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!