1 avgust kunidan boshlab Toshkent avtobus yo‘nalishlarida o‘zgarish, qisqartmalar va 2ta yangi yo‘nalish ochiladi

1 avgust kunidan boshlab Toshkent avtobus yo‘nalishlarida o‘zgarish, qisqartmalar va 2ta yangi yo‘nalish ochiladi

Harakat yo‘nalishi qisqartirilishi rejalashtirilgan 56, 82, 103-sonli avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlarni o‘tkazish zaruriyati yuzaga kelayotganligi sababli, ushbu yo‘nalishlar harakati vaqtinchalik o‘zgartirishsiz qoldiriladi.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha 2021 yil 1 avgust kunidan boshlab, 41, 32, 59-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga ham qisman o‘zgartirishlar kiritiladi. Jumladan:

32-sonli “Sergeli 6-a dahasi– Gulobod ko‘chasi” avtobus yo‘nalishining “Erkin mavzesi”ga harakatlanishi qisqartiriladi va ushbu yo‘nalishning “Sergeli 6-a mavzesi”dan harakatlanishi “Yangi Choshtepa” mavzesi orqali tashkil etiladi.

41-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Yangi Choshtepa mavzesi” avtobus yo‘nalishining “Yangi Choshtepa” mavzesidan “Chilonzor buyum bozori”gacha bo‘lgan oraliqdagi harakati qisqartiriladi. Endilikda 41-sonli yo‘nalish “Chilonzor 25-dahasi – Chilonzor buyum bozori” oralig‘ida 5 ta jadval asosida harakatlanadi. Ma’lumot uchun, “Yangi Choshtepa” mavzesi aholisi uchun yo‘lovchi transporti xizmatlaridan foydalanishdagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, 1 avgust kunidan ushbu mavzega 32 va 86-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.

59-sonli “Sergeli 12-dahasi – Karvon bozori” avtobus yo‘nalishining so‘nggi bekati “Sergeli 12-dahasi” bekatidan “Do‘stlik 2-mavzesi” avtoshohbekatiga o‘zgartiriladi. Endilikda 59-sonli yo‘nalish “Do‘stlik 2-mavzesi – Karvon bozori” oralig‘ida harakatlanadi.

Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021 yil 1 avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi, 4 ta avtobus yo‘nalishlarining harakatiga o‘zgartirish kiritiladi, 1 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Bular haqida batafsil quyidagi rasmlar orqali to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.


Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021 yil 1 avgustdan boshlab, 50, 86, 100, 124, 41-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi.


Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021 yil 1 avgustdan boshlab, 63, 105, 59, 32-sonli avtobus yo‘nalishlarning harakatiga o‘zgartirish kiritiladi.


Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021 yil 1 avgustdan boshlab, 7-sonli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!