Ekologiya sohasida umummilliy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi

Ekologiya sohasida umummilliy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Ekologiya sohasida umummilliy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi

Ekologiya sohasida umummilliy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi

Ekologiya sohasida umummilliy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi

Ekologiya sohasida umummilliy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi

OldingiKeyingi

Atmosfera havosining sifatini yaxshilash, shahar va hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik ta’lim va madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, cho‘llanishga qarshi kurashishning ilmiy va amaliy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Avvalo, “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida rejalashtirilgan ishlar haqida axborot berildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lishi holatlari kuzatilmoqda. Bu Navoiy, Farg‘ona, Chirchiq va Termiz shaharlarida ham qayd etilmoqda. Havo ifloslanishining asosiy omillari sifatida sanoatning o‘sishi, uglerod yoqilg‘ilaridan keng foydalanish, transport vositalari sonining ko‘payishi, tabiiy omillar va nazoratning yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan 2030 yilga qadar atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini qisqartirish, sanoat ob’ektlarida tashlamalarni ushlab qolish ulushini oshirish, transportdan chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish hamda PM2,5 bo‘yicha me’yordan oshish kuzatiladigan kunlar sonini pasaytirish asosiy maqsadlar etib belgilangan.

Amalga oshirilgan tezkor choralar natijasida Toshkent shahrida havo sifati muayyan darajada yaxshilangan. Jumladan, 2026 yil yanvar-fevral oylarida PM2,5 konsentrasiyasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli pasaygan. Endi bu yo‘nalishda hududiy dasturlar bosqichma-bosqich qabul qilinib, har bir viloyatda tahlil va diagnostika, yagona havo monitoringi hamda ifloslanish manbalarini inventarizasiya qilish ishlari tashkil etiladi.

“Toza havo” loyihasida energetika va sanoat tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilgan. Mahsulotining ma’lum qismini muqobil energiya hisobiga ishlab chiqaradigan korxonalarga soliq imtiyozlari va moliyaviy rag‘batlar berish, avtomatik monitoring stansiyalari, filtrlar, chang-gaz tozalash hamda energiya samarador uskunalarni keng joriy etish ko‘zda tutilgan. Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi sanoat korxonalarida majburiy avtomatik monitoring postlari o‘rnatilib, ularning ma’lumotlari yagona geoaxborot tizimiga integrasiya qilinadi. Bunday talablarga amal qilmagan sub’ektlar uchun kompensasiya to‘lovlari keskin oshiriladi.

Qurilish sohasida ham ekologik talablar kuchaytiriladi. Yangi quriladigan yirik ob’ektlarni loyihalashtirishda ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish, qurilish materiallarini yopiq sharoitda saqlash, chiqindilarni maxsus quvur va konteynerlar orqali tushirish, maydonlarni himoya to‘siqlari bilan o‘rash, onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish kabi talablar belgilanmoqda.

Shuningdek, “shamol yo‘laklari”ni saqlash, ekologik ekspertiza xulosasini qurilish jarayonlarida majburiy hisobga olish, shaharning ekologik va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish taklif etildi.

Tabiiy chang omillarini kamaytirish bo‘yicha ham aniq choralar belgilangan. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘” barpo etish, Surxondaryo va Sirdaryoda chang bo‘ronlarining oldini olish uchun “yashil devor”lar tashkil qilish, sun’iy ko‘llar va suv havzalarini barpo etish, poytaxt tumanlarida favvoralarning sonini ko‘paytirish, barglarni kompost va mulcha sifatida qayta ishlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish shular jumlasidandir. Bularning barchasi havo tarkibidagi chang zarrachalarini kamaytirish va shahar muhitini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

Transport sohasida havoni muhofaza qilish bo‘yicha alohida yo‘nalishlar ham belgilangan. Motor yoqilg‘isi standartlarini bosqichma-bosqich kuchaytirish, avtotransport vositalarini “qizil”, “sariq” va “yashil” stikelarni bergan holda ekologik toifalarga ajratish, texnik ko‘rikni ekologik talablar bilan bog‘lash, eski avtotransportni yangilash dasturlarini amalga oshirish, jamoat transporti ulushini oshirish nazarda tutilmoqda. Bu orqali yo‘l harakati bilan bog‘liq ifloslanish hajmini qisqartirish, ayniqsa, yirik shaharlar markazida havo sifatini yaxshilash maqsad qilingan.

“Toza havo” loyihasining muhim tarkibiy qismi sifatida issiqxonalar masalasi ham muhokama qilindi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida issiqxona xo‘jaliklari juda ko‘p, ular orasida isitish manbalari sifatida ko‘mir, mazut va nostandart yoqilg‘idan foydalanuvchi issiqxonalar ulushi ham yuqori, ular chiqarayotgan NO2, SO2 va PM2,5 kabi xavfli moddalar havo sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Qolaversa, Toshkent hududida yillik quyosh nurlanishi qolgan hududlarga qaraganda nisbatan past bo‘lgani sababli bu yerda issiqxonada mahsulot yetishtirish xarajati ancha baland. Masalan, yanvar oyida Toshkentda o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 6 daraja issiq bo‘lsa, Termizda – 10,8 daraja issiq. 1 tonna issiqxona mahsulotini yetishtirish xarajati Toshkent viloyatida 11,9 million so‘mni, Surxondaryoda esa 4,9 million so‘mni tashkil etadi.

Mahsulotlarni insolyasiya darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda yetishtirish issiqxona xo‘jaliklarining moliyaviy holati uchun ham, ichki bozordagi narx barqarorligi nuqtai nazaridan ham manfaatli hisoblanadi.

Shu bois, Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalarni energiya tejamkor va tabiiy-iqlim sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga bosqichma-bosqich ko‘chirish taklifi bildirildi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda agropark tashkil etish rejalashtirilgan. Bu hududda quyosh nurlanishi yuqori, qish nisbatan yumshoq, isitish xarajatlari ancha past bo‘lib, bu mahsulot tannarxini keskin tushirish imkonini beradi.

2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va unga tutash hududlarda yangi issiqxona tashkil etishni cheklash, shu bilan birga, ko‘chirilayotgan xo‘jaliklarga infratuzilma, kredit va logistika bo‘yicha imtiyozlar berish nazarda tutilmoqda.

Taqdimotda “Yashil makon” doirasida botanika va dendrologiya bog‘lari konsepsiyasi yuzasidan axborot berildi. Qayd etilganidek, botanika bog‘lari mahalliy va xorijiy o‘simliklarni o‘rganish, saqlash, ko‘paytirish va namoyish etishga xizmat qilsa, dendrologiya bog‘lari daraxt va buta turlarini introduksiya qilish, akklimatizasiya qilish va ilmiy asosda parvarishlashga ixtisoslashgan hududlar hisoblanadi. Konsepsiyaga ko‘ra, botanika bog‘larida turli floristik ekspozisiyalar, oranjereya, ko‘chatxona, ko‘l, ichki yo‘laklar, besedka va gulxona kabi ob’ektlar joylashtiriladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 3 ta botanika bog‘i mavjud bo‘lsa, loyiha doirasida yana 12 ta botanika va 16 ta dendrologiya bog‘ini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu jarayonda har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti hisobga olinib, mos daraxt va butalar tanlanadi.

2028 yilga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil etish reja qilingan. Natijada 2030 yilgacha mamlakatda umumiy yashillik darajasini 14,2 foizdan 30 foizgacha oshirish, PM2,5 va PM10 konsentrasiyasini 20-25 foizga kamaytirish, iqlimi og‘ir hududlarda havo haroratini o‘rtacha 1,5-2 darajaga pasaytirish maqsad qilingan.

Shu bilan birga, poytaxtda Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etish konsepsiyasi ham taqdimot qilindi. Ushbu yirik yashil hududning umumiy maydoni 108 gektarni tashkil etishi belgilangan. Loyiha doirasida 50 ming tup daraxt ko‘chati va 100 ming tup buta o‘simliklari ekilishi nazarda tutilgan. Park biologik xilma-xillikni saqlash, havo sifatini yaxshilash, uglerod yutilishini oshirish, ilmiy tadqiqot va seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, shahar mikroiqlimini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Bog‘ havo haroratini 2-4 darajaga pasaytirib, namlikni 10-15 foizga oshirishi mumkin.

Milliy dendrologiya bog‘i faqat ko‘kalamzor hudud emas, balki ilmiy, ma’rifiy va jamoat makoni sifatida ham shakllantiriladi. Unda “Dunyo daraxtlari” hududi, 6 ta iqlim mintaqasiga xos o‘simliklar kolleksiyasi, mevali va mahalliy daraxtzorlar, dorivor o‘simliklar bog‘i, oranjereya, gulzorlar, dam olish maydonlari, piyodalar va velosiped yo‘laklari, avtoturargoh, tashrif buyuruvchilarni kutib olish maydoni barpo etiladi.

Bog‘ning markaziy qismida 1 gektarlik sun’iy ko‘l va uning atrofida sakura bog‘i tashkil qilish rejalashtirilgan. Park infratuzilmasida quyosh panellari, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan skameyka va besedkalar, avtomatlashtirilgan tomchilatib sug‘orish tizimi kabi zamonaviy ekologik texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu yer Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi universiteti (“Green University”) uchun tabiiy laboratoriya, aholi uchun esa bioturizm va ekota’lim markaziga aylanadi.

“Ekomadaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni bir-biriga bog‘lagan holda yangi tizim yaratish rejalashtirilgan.

Mazkur sohada xalqaro standartlarga mos mutaxassislar yetishmayotgani, aholi o‘rtasida ekologik ong va barqaror odatlar hali yetarli darajada shakllanmagani, innovasiya va iqlim texnologiyalarini amaliyotga joriy qila oladigan kadrlar taqchilligi mavjudligi qayd etildi. Shu munosabat bilan 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 14 ta hududda “yashil texnikumlar” tashkil etilib, ular “Green University” tizimiga akademik hamkorlik asosida biriktiriladi.

Loyihaga ko‘ra, tayyorlanadigan o‘quvchi va talabalar soni yil sayin oshirilib, 2028-2029 o‘quv yiliga borib, 10 ming nafarga yetkaziladi. Bakalavriat va magistraturada atrof-muhit va barqaror boshqaruv, yashil iqtisodiyot, atrof-muhit muhandisligi, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanishga qarshi kurashish, barqaror shaharsozlik, barqaror energiya almashinuvi kabi yangi yo‘nalishlar ochiladi. Ta’lim jarayonida dual tizim joriy qilinib, nazariy bilim bilan amaliyot uyg‘unlashtiriladi. Universitet ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy-innovasion loyihalar va targ‘ibot ishlari uchun katta miqdorda mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Aholi orasida ekologik madaniyatni oshirish uchun “10 ming qadam piyoda” tashabbusini tiklash, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini ishga tushirish, shuningdek, Samarqand shahrida GEF-8 assambleyasi va “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Taqdimotda cho‘llanishga qarshi kurash strategiyasi loyihasi ham alohida ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston hududining 70 foizi arid zonadan iborat bo‘lib, yerlarning 70 foizdan ortig‘i degradasiyaga uchragan. Yer resurslarining yomonlashuvi iqtisodiyotga har yili 830 million dollar zarar keltirmoqda. Orol dengizining qurishi natijasida 3 million gektar maydon yaroqsiz holga kelgan va hududning 56 foizi shamol eroziyasi ta’siri ostida qolgan.

Shu munosabat bilan “Green University” huzurida mintaqaviy qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklif qilindi. Ushbu markaz cho‘llanishni boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi birinchi ilmiy xabga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Markaz tarkibida 15 ta ixtisoslashgan laboratoriya faoliyat yuritadi, sputnik ma’lumotlari, GIS va masofadan zondlash texnologiyalari asosida yerlar holatini raqamli monitoring qilish yo‘lga qo‘yiladi, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar bo‘yicha genetik bank shakllantiriladi, tuproqning kimyoviy va fizik tahlil tizimi takomillashtiriladi. Buning natijasida cho‘llanishni prognoz qilish va xaritalash milliy tizimi yaratiladi, Orolbo‘yi va qurg‘oq hududlarda yashil qoplama kengaytiriladi, yaylovlardan barqaror foydalanish hamda cho‘l iqtisodiyoti modellari joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari taqdimot qilingan loyihalarning ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, shahar va qishloq muhitini yanada qulaylashtirish, shuningdek, ushbu sohada ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishdagi muhim ahamiyatini qayd etib, ularni ma’qulladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.