Vladimir Putin Donald Trampga agar AQSh Ukrainaga yordamni to‘xtatsa, Eron bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvini to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda Politico xabar berdi.
"Kreml Oq uyga shunday kelishuvni taklif qilgan: agar AQSh Ukrainaga Rossiya haqidagi razvedka ma’lumotlarini uzatishni to‘xtatsa, Moskva ham Eron bilan razvedka ma’lumotlari, jumladan Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy ob’ektlari koordinatalari bilan bo‘lishishni to‘xtatadi", deya yozmoqda nashr.
Politico'ning manbalariga tayanib xabar berishicha, bu taklifni Rossiya prezidenti maxsus vakili Kirill Dmitriyev o‘tgan hafta Mayamida Donald Tramp ma’muriyati vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bildirgan.
Manbalarga ko‘ra, AQSh bu kelishuvni rad etgan. Shunga qaramay, bunday taklif Yevropa diplomatlarini xavotirga solgan. Ular Moskva Yevropa va AQSh o‘rtasiga nizo solishga urinayotganidan xavotirda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.