Hindistonning Jaunpur shahrida 24 yoshli yigit nogironlik asosida o‘qishga kirish uchun chap oyog‘ining bir qismini kesib tashlagan. Suraj Bxaskar ismli yigit farmasevtika yo‘nalishida ta’lim olgan va tibbiyot fakultetida o‘qishni davom ettirishni istagan. Buning uchun esa u nogironligi bor odamlarga beriladigan imtiyozdan foydalanishni rejalashtirgan.
18-yanvar kuni Bxaskar polisiyaga murojaat qilib, 2 nafar noma’lum shaxs unga hujum qilib, chap oyog‘ining bir qismini kesib tashlashganini aytgan. Huquq-tartibot organlari holat yuzasidan jinoyat ishi ochgan. Tergov davomida voqea joyidan shprislar, hushsizlantiruvchi dori va kesish asboblari topilgan. Yigit bu ishni ataylab qilgani fosh bo‘lgan.
Yigit shaxsiy kundaligida “2026-yilda Tibbiyot va Jarrohlik bakalavriga har qanday yo‘l bilan kiraman” deb yozib qoldirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.