Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalg‘istonda bemor bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi

Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalg‘istonda bemor bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida gospital turdagi "Mehrli maktab" filiali ochildi.

"Mehrli maktab"ga tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalar bilan samimiy suhbatlashib, pedagoglar va ota-onalarga dalda so‘zlarini izhor etdi.

"Mehrli maktab" – ta’limdan, kim qanday vaziyatga tushib qolganidan qat’i nazar, barcha bahramand bo‘lishi mumkinligiga yorqin misol. Bu yerda uzoq vaqt davomida davolanayotgan hamda oddiy maktab yoki bog‘chaga qatnash imkoniyati bo‘lmagan bolalar bilim olmoqda va tarbiyalanmoqda. Ular reabilitasiya jarayonidan ham shu yerning o‘zida ota-onalari ishtirokida o‘tadilar.

Yil yakuniga qadar "Mehrli maktab" filiallari Andijon va Farg‘onada ochiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!