Zelenskiy Slovakiya parlamentini Ukrainaning Yevropa Ittifoqidagi ovozi bo‘lishga chaqirdi

10 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy telekonferensiya orqali Slovakiya Respublikasi parlamenti deputatlari bilan muloqot qildi. U o‘z murojaatida Slovakiyani o‘z mamlakatining Yevropa Ittifoqidagi ovozi bo‘lishga chaqirdi, deb yozadi “RIA Novosti” Bratislava TA3 telekanaliga tayanib.
Zelenskiy o‘z nutqi davomida Slovakiya rahbariyati va xalqiga Ukrainaga ko‘rsatilgan birdamlik va yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Shuningdek, Ukraina rahbari Slovakiyani Ukrainaning Yevropa istiqbolini qo‘llab-quvvatlashga va uning Yevropa Ittifoqidagi ovozi bo‘lishga chaqirdi” - deb yozadi TAZ.
Zelenskiy o‘z murojaatida Slovakiya hukumatini Rossiyaga qarshi sankssiyalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga va o‘z mamlakatiga harbiy sohada yordam berishga chaqirdi.
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
-
Rossiyaga qarshi sanksiyalar barbod bo‘ldi
-
Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagi bo‘yicha Rossiyaning pozisiyasi o‘zgardi
-
AQSh Tolibonni jiddiy ogohlantirdi
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Bildirilgan fikrlar (24 )
























