Zelenskiy harbiylarning bir qismi "Azovstal"dan olib chiqib ketilganini tasdiqladi

Zelenskiy harbiylarning bir qismi "Azovstal"dan olib chiqib ketilganini tasdiqladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy seshanba kuni videomurojaatida Mariupoldagi "Azovstal" metallurgiya zavodi hududidan ukrainalik harbiylar olib chiqilishi boshlanganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Biz yigitlarimizning hayotini saqlab qolishga umid qilamiz. Ular orasida og‘ir yaradorlar bor, ularga yordam kerak”, — dedi Zelenskiy.

Avvalroq Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi Rossiya va Ukraina vakillari Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya zavodi hududidan yarador ukrainalik harbiy xizmatchilarni olib chiqish bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!