Hindistonda noma’lum kasallikdan 15 kishi vafot etdi
Hindiston g‘arbida noma’lum kasallikdan 15 kishi halok bo‘ldi, deb yozdi “Hindustan Times” gazetasi.
Gujarat shtati Kutch tumanidagi Lakxpat shahrida sirli isitmadan vafot etganlar soni sakkiz kun ichida 15 kishiga yetdi. Rasmiylar holat sababini hali aniqlay olgani yo‘q.
Nashr yozishicha, 3-10 sentyabr oralig‘ida kamida o‘n kishi, jumladan bolalar qurbon bo‘lgan. Shundan so‘ng yana kamida besh kishining o‘limi tasdiqlangan.
Kutch tumani hukumati matbuot kotibi Amit Arora tahlil hozircha H1N1 grippi virusi, cho‘chqa grippi, Qrim-Kongo gemorroy isitmasi, bezgak va dengge isitmasi ehtimolini istisno qilganini aytdi. Shuningdek, u noma’lum isitma yuqumli kasallik emasligini ham ta’kidlagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)