Isroilning G‘azo shahriga uyushtirgan hujumida 11 kishi halok bo‘ldi
G‘azodagi kasalxonada ishlovchi falastinlik shifokorlar Isroil havo kuchlarining shaharga bergan navbatdagi hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi BILD.
Qurbonlar orasida to‘rt nafar voyaga yetmagan bola va uch nafar ayol bor.
Raketa Tuffa mahallasidagi bir oilaning uyiga kelib tushgan. Isroil harbiylari bu xabarlarga hozircha izoh bermagan.
Shu bilan birga, Livanning «Hizbulloh» terrorchilik guruhi jangarilari bugun Isroilga jami 55 ta raketa uchirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi. Harbiylarga ko‘ra, tutib olinmagan raketalar odamlar yashamaydigan hududlarga tushgan. Hujumdan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar bir nechta yong‘inlarni o‘chirishga majbur bo‘lishdi. Ta’kidlanishicha, Isroil armiyasi «Hizbulloh»ning uchirish maydonchalariga javob zarbalarini bergan.