Trampning raqiblari Xarris kampaniyasi uchun millionlab dollar yig‘moqda

Trampning raqiblari Xarris kampaniyasi uchun millionlab dollar yig‘moqda

Poygada prezidentlikka nomzod Donald Trampga qarshi chiqqan Respublikachilar partiyasi tarafdorlari Demokratlar partiyasidan vise-prezident Kamala Xarrisning saylovoldi kampaniyasi uchun 35 million dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘ishdi. Bu haqda Newsweek jurnali xabar bermoqda .

Qayd etilishicha, «Respublikachi saylovchilar Trampga qarshi» deb nomlangan guruh «demokratlarning Oq uyda qolishlariga yordam berish» maqsadida mart oyida mablag‘ yig‘ishni boshlagan.

Guruh Xarrisning prezidentlik kampaniyasi uchun 50 million dollar yig‘ishni rejalashtirmoqda. Avvalgi saylov poygasida xuddi shu guruh demokratlarga yordam berish uchun taxminan 10 million dollar to‘plagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!