Ruslarning qarshi hujumi qanday ketyapti?

Ruslarning qarshi hujumi qanday ketyapti?

ISW'ga ko‘ra, Ruslar Kursk viloyatida qarshi hujumlarda muhim qiyinchiliklarga duch keladi.

Urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari Kursk viloyatida, Ukraina mudofaa kuchlari tomonidan to‘liq nazorat qilinmagan hududlarda Rossiya qo‘shinlari tomonidan kichik yutuqlarga erishilganini qayd etdi. Biroq ular Rossiya qo‘shinlari Ukraina nazorati ostidagi hududlarda keyingi qarshi hujumga urinishlarida katta qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini ta’kidladi.

«Rossiya kuchlari 12 sentyabr kuni Kursk viloyatidagi Ukrainaning butun hududi bo‘ylab qarshi hujumni davom ettirdi, ammo ukrainaning hududda davom etgan hujumi va mudofaaviy qarshi hujumlari tufayli kichik yutuqlarga erishdi», deyiladi xabarda.

12 sentyabrda e’lon qilingan geolokasiyalangan kadrlar rus qo‘shinlari Vishnevka g‘arbida (Korenevoning janubi-g‘arbida) va Krasnooktyabrskoye shimolida (shuningdek, Korenevoning janubi-g‘arbida) biroz oldinga siljishganini ko‘rsatadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 10 dan 11 sentyabrga o‘tar kechasi qarshi hujumlarni boshlaganidan beri Rossiya kuchlari Korenevoning janubi va janubi-g‘arbidagi 10 ta aholi punktini qaytarib olganini ma’lum qildi. Bu aholi punktlariga Apanasovka, Byaxovo, Vishnevka, Viktorovka, Vnezapnoye, Gordeevka, Krasnooktyabrskoye, Obuxovka, Snagost va 10-y Oktyabr kiradi.

Biroq, bu hududlarning barchasi ilgari da’vo qilingan Rossiya yutuqlari chegarasiga to‘g‘ri keladi va ISW Snagost va Krasnooktyabrskoye qismlaridan tashqari hech qanday aholi punktlari qaytarib olinganini vizual ravishda tasdiqlamadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!