Rossiyada SIM-kartalarni xarid qilish va balansni to‘ldirishda shaxsni majburiy tekshirish joriy etiladi

Rossiyada SIM-kartalarni xarid qilish va balansni to‘ldirishda shaxsni majburiy tekshirish joriy etiladi

Raqamli rivojlanish vazirligi Rossiyada uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini yangilamoqda. Aloqa xizmatlari uchun shartnoma tuzishning majburiy sharti shaxsni tasdiqlash bo‘ladi, deb yozadi RBK.

Chet el fuqarolari uchun SIM-kartani faqat biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda sotib olish mumkin bo‘ladi.

Hujjat shuningdek, aloqa xizmatlari uchun naqd pulda to‘lashda identifikasiyani majburiy tasdiqlashni nazarda tutadi. To‘lov faqat vakolatli tashkilotlar orqali shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!