Bolgariyaga ishlashga borib xujjatlari va pullarini o‘g‘irlatgan yana bir fuqaro Vatanga qaytarildi

Bolgariyaga ishlashga borib xujjatlari va pullarini o‘g‘irlatgan yana bir fuqaro Vatanga qaytarildi



Bosh konsulxonaga 30 yoshli fuqaro J.M. Istanbulda pulsiz va xujjatsiz qiyin ahvolda qolgani sababli O‘zbekistonga qaytishda yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning sentyabr oyida yurtdoshimiz Bolgariyadan Turkiyaga uchib kelgan, va shu kunning o‘zida Fotih tumanida “Sulton Ahmat” jome’ masjidi yaqinida o‘ziga tegishli bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlatib qo‘ygan.

Bosh konsulxona fuqaroga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib vaqtincha Turkiyada yashashi uchun boshpana bilan ta’minladi.

Shu bilan birga “Uzbekistan airways” AJ Istanbul vakolatxonasi va sahiy vatandoshlar homiyligi yordamida J.M.ga avia chipta xarid qilinib O‘zbekistonga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!