Zelenskiy devonida yadroviy qurol haqida bayonot berildi
Rossiyani mag‘lub etish uchun Kiyevga bugun urushning keyingi bosqichi emas, balki tegishli miqdorda yuqori texnologiyali qurollar kerak, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak.
«Qanday yadro quroli? Bugungi kunda 5-10 yil oldin hech kim tasavvur ham qilolmagan imkoniyatlar mavjud. Siz (evropaliklar) Rossiya Federasiyasi deb nomlangan bu maxluqni o‘stirdingiz, ular bilan hamkorlik qildingiz, korrupsion pullarni oldingiz, uchinchi energiya paketining taqiqlanishiga qaramay, o‘z energetika infratuzilmangizni monopollashtirishga imkon berdingiz, siz Rossiyadan qandaydir sherikni shakllantirishda davom etdingiz,» - dedi u.
Podolyakning qo‘shimcha qilishicha, «bu sherik bugun Sharqiy Yevropani qon bilan to‘ldirmoqda.»
«Sizlar bugun shunday deyapsizlar: keling, Ukrainaga yadro qurolini beraylik, u o‘z qo‘shinini qayta jihozlasin va urushning keyingi bosqichini boshlasin. Nega biz bugun hech kim kutmagan ishni qilish imkoniyatiga ega bo‘la turib, buni qilishimiz kerak - Rossiyaning obro‘sini, harbiy salohiyatini, armiyasini yo‘qqa chiqarish,» - deb ta’kidladi u.
Podolyakning aytishicha, bu ssenariyni amalga oshirish uchun yetarli darajada yuqori texnologiyali qurollar bor, ammo Mudofaa kuchlarimizga ularning tegishli miqdori kerak: «O‘z vaqtida bajarilishi lozim bo‘lgan mantiqiy harakatlar mavjud ekan, nima uchun qandaydir fitnaga oid taxminlarni o‘ylab topish kerak?»
Bundan tashqari, u «Ukrainaga hech kim yadroviy qurol bermoqchi emas» degan ishonchni bildirdi.