Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 411 kun bo‘ldi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 411 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Tal al-Hava hududi, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 28 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 43972 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Kamol Advan kasalxonasiga uch soatlik hujum chog‘ida muassasaning tomi va yuqori qavatlari vayron qilindi. Kasalxonada bolalar, keksalar, ayollar bor edi. Kasalxonaga har kuni to‘yib ovqatlanmaydigan bolalar turli kasalliklarga chalinib kelmoqda.
▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: Ishg‘ol samolyotlarining nishonidamiz. Al-Sabra hududida qutqaruv ishlari olib borilayotganda bizga qarata o‘t ochildi. Bir qutqaruvchi halok bo‘ldi, yana 3 nafari yaralandi.
▪️"Al-Jazira" muxbiri va jurnalist Xosam Shabat Isroilning G‘azo shahrini bombalashi natijasida yaralandi. Bosqinchilar uni xizmat paytida nishonga olishgan.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Ramallah, Jenin, Al-Xalil, Quddus va Nablusga hujum qildi. Jeninda portlash tovushlari eshitildi. Jenin lagerining 5 nafar fuqarosi shahid bo‘ldi, 9 nafari yaralandi.
▪️BMT: 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil G‘arbiy Sohilda 171 nafar bolani o‘ldirdi.
▪️Livandagi qarshilik jangchilari mamlakat janubidagi Markaba shahri chekkasida bosqinchilarning piyoda askarlariga, ularning harbiy qutqaruvchilari va qutqaruvchilarga raketa bilan hujum qildi. Bosqinchilarning uchta otryadi yo‘q qilindi.
▪️Bosqinchilar Bekaa vodiysi, Livan janubidagi Xanin, Al-Jubeyn, Al-Mansuri, Naqura, Aytit, Zibqin va Tir shaharlariga yirik hujumlar uyushtirdi. Isroilning Livandagi tajovuzi boshlanganidan beri 3481 kishi halok bo‘ldi, 14786 kishi yaralandi.
▪️Xusiylar Adan ko‘rfazida turk yuk kemasiga ikki marta hujum qildi. Yuk kemasi Isroilga yo‘l olgan va Yaman harbiy-dengiz kuchlarining ogohlantirishiga e’tibor bermagan.