Rossiya prezidenti favqulodda bayonot bilan chiqdi
Vladimir Putin bayonotida AQShning Ukrainaga Rossiyaga uzoq masofali qurollar bilan hujum qilishiga ruxsat berganiga izoh berdi.
Putinning bayonotidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Mojaro global xarakterdagi elementlarga ega bo‘ldi;
◾️ Ukraina Qurolli kuchlari 21 noyabr kuni Storm Shadow va HIMARS raketalari bilan Rossiya hududiga hujum qildi;
◾️ Dushman zarbalardan keyin o‘z maqsadlariga erisha olmadi;
◾️ Rossiyaga qarshi uzoq masofali qurollarni ular ishlab chiqarilgan mamlakatlar mutaxassislarisiz qo‘llash mumkin emas, buni yaxshi bilamiz;
◾️ Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainadagi sanoat ob’ektlaridan biriga o‘rta masofaga mo‘ljallangan yadroviy bo‘lmagan gipertovushli “Oreshnik” majmuasi raketalari bilan zarba berdi va nishonni yo‘q qildi;
◾️ “Oreshnik”dan foydalanish AQShning o‘rta va qisqa masofaga mo‘ljallangan raketalarni ishlab chiqarish va joylashtirish rejalariga javobimiz hisoblanadi;
◾️ Rossiya qo‘shinlari butun front chizig‘i bo‘ylab muvaffaqiyatli oldinga siljimoqda. Maxsus harbiy operasiyaning barcha vazifalari bajariladi;
◾️ Mavjud raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, jumladan, Yevropadagi Amerika qurollari “Oreshnik” kabi raketalarni tuta olmaydi. Rossiyaning zamonaviy raketalari nishonlarga soniyasiga 2-3 km tezlikda hujum qiladi;
◾️ Biz o‘z qurollarini Rossiya nishonlariga qarshi qo‘llashga imkon beradigan davlatlarga qarshi qurol ishlatish huquqiga egamiz;
◾️ Rossiya ziddiyatni tinch yo‘llar bilan hal qilishni afzal ko‘radi, lekin voqealarning har qanday rivojlanishiga ham tayyor. Har qanday harakatga doim javob qaytaramiz;
◾️ “Oreshnik” kabi tizimlardan foydalanilgan taqdirda Rossiya tinch aholini oldindan ogohlantiradi;
◾️ Qo‘shma Shtatlar uzoq masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvni buzib, xatoga yo‘l qo‘ydi. Ular raketa tizimlarini dunyoning turli mintaqalariga joylashtirdilar.