YUNRVA bosh kotibi: G‘azo bolalar qabristoniga aylandi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 412 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt-Laxiya, Shayx Radvan, Xon Yunis va Rafahga hujum qilishdi. Urush boshlanganidan beri 43 985 kishi halok bo‘lgan.
▪️O‘sha kechasi fashistlar ikkita qirg‘in qildi. Kamal Advan kasalxonasi yaqinidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joy hududiga zarba berildi, 66 kishi halok bo‘ldi, Shayx Radvandagi Al-Aruqiylar oilasining uyi bombardimon qilindi, 22 kishi halok bo‘ldi. Ikkala qirg‘in qurbonlarining aksariyati bolalar va ayollar edi.
▪️Al-Qassam brigadalari Beyt-Laxiyada "Merkava" tanki va "Yunitan" bronetransportyorini yo‘q qildi, Nitsarim o‘qida bosqinchilar guruhi yo‘q qilindi.
▪️Xitoy rahbari Si Szinpin: G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiraman. Hozirgi vaziyatda BRIKS mamlakatlari adolat va tinchlik ovozi sifatida harakat qilishlari nihoyatda zarurdir.
▪️YUNRVA bosh kotibi: G‘azo bolalar qabristoniga aylandi. G‘azo bolalari o‘ldirilmoqda, yaralanmoqda, qochishga majbur bo‘lmoqda, xavfsizlik va ta’limdan mahrum bo‘lmoqda.
▪️"Hizbulloh" Nahariyadagi 146-diviziya, Akkadagi Sharaga va AYElet bazalariga hujum qildi.
▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Xiam shahriga 12 marta hujum uyushtirdi, hozirda bosqinchilar bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda. Tirga hujum qilindi.
▪️Suriya Mudofaa vazirligi: Isroil Homs viloyatidagi Palmira shahriga zarbalar berdi. 36 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi yaralandi.