Zaxarova Qozog‘istondagi tartibsizliklar sababini aytdi

Zaxarova Qozog‘istondagi tartibsizliklar sababini aytdi

Qozog‘istonda tartibsizliklarni xorijdagi qurolli to‘dalar uyushtirgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova aytib o‘tdi.

“Xorijdagi terrorchilar lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tgan qurolli to‘dalarning bevosita ishtirokida bu davlatga qarshi kelishilgan va tashqaridan qo‘llab-quvvatlangan hujum uyushtirildi. Bu esa Qozog‘istonda fojiali oqibatlarga olib keldi”, dedi Zaxarova. Uning qo‘shimcha qilishicha, terrorchilar jangovar tajribaga ega.

Biroq Zaxarova qurolli to‘dalar tayyorlanayotgani aytilayotgan birorta ham davlatni ayblamadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!