Zaxarova NATO Bosh kotibining Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berish «chaqiriqini» tanqid qildi

Zaxarova NATO Bosh kotibining Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berish «chaqiriqini» tanqid qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning Ukrainaning Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqiruvini tanqid qildi.

“Stoltenberg NATO davlatlarini Kiyev rejimining Rossiya bo‘ylab nishonlarga hujumlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi. Buni Shveysariyadagi taxminiy «tinchlik konferensiyasi»ga taklif qilingan har bir kishi bilish foydali bo‘ladi”, — deb yozdi diplomat o‘zining Telegram-kanalida.

Avvalroq Zaxarova ijtimoiy tarmoqdagi postida Ukraina bo‘yicha Shveysariyadagi tinchlik konferensiyasini «yana bir firibgarlik» deb atagan edi.

“(Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy) Kuleba Shveysariyada aytib o‘tgan «tinchlik sammiti»ga kelsak, bu AQSh Davlat departamenti tomonidan o‘ylab topilgan yana bir firibgarlikdir. Va buni hamma tushunadi. Qanday qilib go‘yoki tinchlantiruvchi tashabbuslar bilan to‘qnashuv zonasini qurol bilan ta’minlaganlar «tinchlik konferensiyasi» o‘tkazishi mumkin?"

Shu bilan birga, u Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrelning «Kiyev rejimiga qurol yetkazib berishni to‘xtatish qon to‘kilishini bir necha hafta ichida to‘xtatadi», degan so‘zlariga e’tibor qaratdi. “Bu haqiqiy «tinchlik formulasi», deydi Zaxarova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!