Zangiotadagi jinoyat davlatga 1 milliardga yaqin zarar yetkazdi

Zangiotadagi jinoyat davlatga 1 milliardga yaqin zarar yetkazdi

Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi xodimlari va “Suvoqova” DUK Zangiota filiali bilan hamkorlikda, tuman hududida ichimlik suvi tarmog‘iga ulanish va foydalanish qoidalariga rioya qilish yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilgan. 
Natijada, ta’minotchi korxonaga tegishli podstansiyada faoliyat olib boruvchi shaxslar ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanib, podstansiyaga hisoblagichsiz ichimlik suvi krani o‘rnatib, foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
  Aniqlanishicha, podstansiya ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulangani holati yuzasidan Toshkent viloyat “Suvoqova” DUK markaziy abonent xizmati tomonidan qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, DUK ka jami 968.649.920 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan MIB Zangiota tuman bo‘limi tomonidan “Zangiota tuman elektr tarmoqlari korxonasi” ishchi-xizmatchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 185-2-moddasi  4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki  tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!