Zangiotada 204 mln. so‘mga yaqin dori vositalari yo‘q qilindi

Zangiotada 204 mln. so‘mga yaqin dori vositalari yo‘q qilindi

Majburoiy ijro byurosining Zangiota tuman bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 26.12.2022 yildagi ajrimiga asosan omborda saqlanib kelinayotgan ashyoviy dalillar, umumiy bahosi 203.730.000 so‘mlik 1200 dona “Admin-20”, 4200 dona Trixomid-250”, 600 dona “Banalgin”,1200 dona “Rantamid-150 mg”, 720 dona Diklomid plyus 50 mg”, 5880 dona “Azitromid 250” dori vositalarini tegishli tartibda yo‘q qilish to‘risidagi ijro hujjati 14.12.2022 yilda kelib tushgan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida,joriy yilning 17 yanvar kuni tegishli komissiya a’zolari ya’ni Toshkent shaxar Bojxona boshqarmasi, Chilonzor tuman davlat sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi boshqarmasi hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari va ishonchli vakillari jalb qilindi.

Ular ishtirokida “Donlay Biznes” MCHJ omborida saqlanib kelinayotgan ashyoviy dalilar umumiy bahosi 203.730.000 so‘mlik dori vositalarini tegishli tartibda yo‘q qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!