Yurtimizdan 4 oyda 4,3 ming tonna qalampir eksport qilingan

Yurtimizdan 4 oyda 4,3 ming tonna qalampir eksport qilingan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,3 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming tonnaga kamaygan.

2022 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 2,8 ming tonna
Qirg‘iz R. – 432 tonna
Rossiya – 250 tonna
AQSh – 219,4 tonna
Germaniya – 143,4 tonna
Ukraina – 86,1 tonna
Tojikiston – 79,4 tonna

Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:

Surxondaryo viloyati – 1,3 ming tonna
Jizzax viloyati – 642,4 tonna
Farg‘ona viloyati – 585 tonna


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!