Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 54.000ga yaqinlashmoqda

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 54.000ga yaqinlashmoqda

🔺2020 yil 24 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 966 (+132) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

❗️E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 359 nafar, Toshkent viloyatida 121 nafar, Namangan viloyatida 60 nafar, Jizzax viloyatida 28 nafar, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, Farg‘ona viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar hamda Sirdaryo viloyatida ham 2 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 50 441 (+609) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

❗️Hozirda mamlakatimizda 3078 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!