Yunusobodda to‘y marosimini o‘tkazgan otaxonga nisbatan qanday chora ko‘rildi? 

Yunusobodda to‘y marosimini o‘tkazgan otaxonga nisbatan qanday chora ko‘rildi? 

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.  

❓Kecha Yunusobod tumanida to‘y marosimini o‘tkazayotgan otaxon haqida axborotda ko‘rdik. Ularga nisbatan qanday chora ko‘rildi? 

Zarur holatlarda “imi-jimida” kichik yig‘inlarni o‘tkazib yuborsak bo‘ladimi, bunda qarindoshlardan tashqari xech kimni taklif etmaymiz. Shunga javob bering?

❗️Haqiqatan, 28 mart kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 1965 y.t. fuqaro qizini uzatish maqsadida “kuyov navkar” marosimini o‘tkazgan. Tadbirga o‘zining qarindoshlarini, kuyov va uning do‘stlarini taklif etgan. 

Vaholanki, bir kun oldin bu fuqaro profilaktika inspektori va mahalla raisi tomonidan bunday tadbir o‘tkazish karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish ekanligi bilan, rasmiy ravishda tilxat olib ogohlantirilgan.

Hozirda, ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257 prim 1-moddasi, ya’ni epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Savol yuborgan fuqaroga eslatib o‘tamiz “imi-jimida” to‘y marosimini yoki boshqa yig‘inlarni o‘tkazish taqiqlangan. Agar ichki ishlar organlari to‘y yoki boshqa marosimlarni o‘tkazayotganingizni aniqlasa, Siz jinoiy javobgarlikka tortilasiz. 

Albatta, dafn marosimlari bundan mustasno.
Fuqarolarimizdan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!