YPX avtomobilida chaqaloq dunyoga keldi

YPX avtomobilida chaqaloq dunyoga keldi

Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4P-112 Farg‘ona xalqa avtomobil yo‘lining 20 kilometrida xizmat olib borayotgan Namangan viloyati YHXB YPX 5-safarbarlik guruhi xodimlariga yo‘l chetida to‘xtab turgan «Cobalt» avtomashinasi ichidan ayol kishi tushib, kelinini tug‘ruqxonaga olib borishda ko‘mak so‘ragan.

Ayol xizmat mashinasida olib ketilayotgan vaqtda holati yomonlashgan, bola tug‘ilishi yaqinlashayotganini sezgan xodimlar tez yordamni ham kutmay tug‘ruqxona tomon harakatni davom ettirgan. Ammo chaqaloq manzilga yetib ulgurmay YPX avtomobilida dunyoga kelgan.

Shifokorlar tomonidan zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ona va qiznring salomatligiga hech qanday ziyon yetmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!