Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasiga boshliq tayinlandi.

Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasiga boshliq tayinlandi.

Xurramov Asliddin Baxramovich O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1991 yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutini, 2015 yil O‘zbekiston Respublikasi Perezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – suv xo‘jaligi va meliorasiya.

A.Xurramov mehnat faoliyati davomida kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi raisi, Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi raisi lavozimlarida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar 2020 yildan buyon Yoshlar ishlari agentligi Oltinsoy tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!