Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston III o‘rinni egalladi

Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston III o‘rinni egalladi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan XVII jahon chempionatida Belarus g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Rossiya egalladi.

Chempionatda 30 ga yaqin davlatdan kelgan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Ular 2 ta “NEXIA 3” avtomobili va 60 ta medallar to‘plami uchun kurashdi.

Musobaqalar quyidagicha tashkil etildi:

▪️ishg‘ol qilish narvonida ikkinchi va to‘rtinchi qavatga ko‘tarilish,
▪️100 metrga to‘siqlar osha yugurish,
▪️yong‘in o‘chirish estafetasi,
▪️jangovar yoyilish yo‘nalishlari.

Navbatdagi chempionat 2023 yilda Turkiyada tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!