Yil boshidan buyon qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan – statistika
2024 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 foizga oshgan.
2024 yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 30 460 tani tashkil etgan.
Qurilish korxonalarining eng katta qismi 6 917 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 22,7 foiz Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)