Yaponiyada pichoqli hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada pichoqli hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Yaponiya shimolidagi Sapporo shahrida pichoqli erkak do‘kon mijozlariga hujum qilishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi.

Hodisa Yaponiyada 24 soat ishlaydigan supermarketlardan birida sodir bo‘lgan.

Hujum qilgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi va u ishsiz 43 yoshli mahalliy fuqaro ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda uning nima sababdan ushbu hodisaga qo‘l urgani yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!