Yaponiyada bir oy ichida mingdan ortiq kompaniya bankrot bo‘ldi

Yaponiyada bir oy ichida mingdan ortiq kompaniya bankrot bo‘ldi

Tokyo Shoko Research Corporation 10 iyun kuni ma’lum qilishicha, may oyida Yaponiyada korporativ bankrotlik holatlari (qarz miqdori 10 million iyendan oshgan) 1009 taga yetgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga oshgan.

Kyodo News axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilning iyulidan beri Yaponiyada taxminan 11 yil ichida birinchi marta bir oy ichida 1000 dan ortiq kompaniya bankrot bo‘lgan.

Bunga asosan narxlarning ko‘tarilishi va ishchi kuchi tanqisligi, shuningdek, koronavirus pandemiyasi tufayli kreditlarning to‘lanmaganligi sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, turli holatlar ushbu kompaniyalar faoliyatiga to‘sqinlik qilgan.

Prognozlarga ko‘ra, 2024 yilda Yaponiyada bankrot deb e’lon qilingan kompaniyalar soni 10 mingdan oshishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!