Yaponiya, Britaniya va Italiya hamkorlikda yangi avlod qiruvchi samolyotini yaratadi

Yaponiya, Britaniya va Italiya hamkorlikda yangi avlod qiruvchi samolyotini yaratadi

Yaponiya mudofaa vaziri Yasukadzu Xamada, uning britaniyalik hamkasbi Ben Uolles hamda Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto payshanba kuni Tokioda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda uch mamlakatning oltinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yaratish sohasida hamkorlik qilishini tasdiqladi. Kuni kecha Yaponiya mudofaa vazirligi saytida shu haqda xabar tarqatildi.

Uchrashuvda Xamada yangi jangovar samolyot yaratish bo‘yicha hamkorlik uch mamlakatning kelgusida yana turli sohalarda hamkorlik qilishiga poydevor bo‘ladi, deb bayonot berdi. Unga javoban, Uolles va Krozetto Yevropa bilan Osiyo xavfsizligi masalalari bir-biridan ayro emasligini ta’kidlashgan.

Xabarda aytilishicha, muzokaralarda Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries (MHI), Britaniyaning BAE Systems va Italiyaning Leonardo korporasiyalari vakillari ham ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!