Yangi Zelandiya bosh vaziriga musulmonlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun tahdid qilishdi

Yangi Zelandiya bosh vaziriga musulmonlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun tahdid qilishdi

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern musulmonlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun noma’lum shaxslardan tahdid olgan.

New Zealand Herald nashri xabariga ko‘ra, bosh vazirning Tvitterdagi akkauntida qurol va Keyingisi sensan yozuvli rasm paydo bo‘lgan. Polisiya xuddi shunday tahdid Yangi Zelandiya polisiya boshqarmasining Tvitterdagi akkauntiga ham jo‘natilganini ma’lum qildi.

Ushbu tahdidlar jo‘natgan akkaunt 48 soatdan keyingina to‘sib qo‘yilgan.

Mahalliy polisiya mazkur holatlar bo‘yicha surishtiruv boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!