Yana is gazidan zaharlanish: Qo‘qonda 3 kishi halok bo‘ldi

Yana is gazidan zaharlanish: Qo‘qonda 3 kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 28 oktyabr, dushanba kuni is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shaharning Turkiston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi kvatirada yuz bergan hodisaga issiqlik qozonining dudburonidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Aniqlanishicha, dudburon va qozon orasi ochilib qolgan.

Hurmatli fuqarolar, isitish pechkalari va bug‘qozonlarini ishlatishdan oldin, ularning sozligini tekshiring. Is gazi bilan zaharlanishdan ehtiyot bo‘ling, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!