Chempionlar ligasi. "Real Madrid" ikkinchi o‘yinda ham "Manchester Siti"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (VIDEO)
«Real» Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Manchester Siti» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Angliyadagi «Etixad» stadionida bo‘lib o‘tdi.
20-daqiqada yarim himoyachi Bernardu Silva o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘li bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka oldi va ingliz jamoasi kamchilik bo‘lib qoldi. Mehmonlarning braziliyalik vingeri Vinisius Junior penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvda hisobni ochdi. Tanaffus oldidan «Siti» muvozanatni tikladi — Erling Xoland gol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘lim yakunida esa Madrid jamoasi ikkinchi to‘pni kiritib, g‘alabani ilib ketdi — yana Vinisius Junior ajraldi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Dastlabki o‘yinda ham 3:0 hisobida g‘alaba qozongan «Real» Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘l oldi. U yerda madridliklar «Atalanta» — «Bavariya» (birinchi o‘yin — 1:6) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi.
Chempionlar ligasi. 1/8 final
18.03.2026 | 01:00
«Etixad», Manchester
«MANCHESTER SITI» — «REAL MADRID» — 1:2
Gollar: Vinisius Junior 22-pen (0:1), Erling Xoland 41 (1:1), Vinisius Junior 90 (1:2).
Birinchi o‘yin: 0:3.
«Manchester Siti»: Donnarumma, Ait Nuri, Ruben Diash (Gexi, 46), Abduqodir Husanov, Mateus Nunes (Semenyo, 57), Rodri (Gonsales, 74), Bernardu Silva, Doku, Reynders (Ake, 46), Sherki, Xoland (Marmush, 57).
«Real Madrid»: Kurtua (Lunin, 46), Garsiya, Xeysen, Ryudiger, Aleksandr-Arnold (Karvaxal, 83), Arda Gyuler (Kamavinga, 74), Tshuameni, Pitarch (Manuel Anxel, 74), Valverde, Vinisius Junior, Dias (Mbappe, 69).
Ogohlantirishlar: Abduqodir Husanov (45) — Mbappe (76), Aleksandr-Arnold (80).
Chetlatish: Bernardu Silva 20 («Manchester Siti»).
